Feeds:
Posts
Comments

Archive for May 10th, 2008

Gulim, mehr ko’zda degani yolg’on,
Mening dilimda hech o’chmas yolqinsiz,
Qancha ko’rishmasak shuncha qadrdon,
Qancha olis bo’lsak shuncha yaqinsiz.

Devona oshiqman, men bir devona,
Ayting, sizdan bo’lak kimim bor yana?..
Siz yo’q chog’imdagi dunyom begona,
Siz yo’q bog’imdagi gullar yoqimsiz.

Siz achchiq qismatim, siz iztirobim,
Siz shirin dardimsiz, shirin azobim,
Siz mening ko’klardan topgan oftobim,
Yerlarda yo’qotgan ko’zmunchog’imsiz.

(more…)

Advertisements

Read Full Post »