Feeds:
Posts
Comments

Archive for August 14th, 2007

Uylanish

Uylanishning kishining sharoitiga qarab farz, makruh, sunnat, muboh yoki harom taraflari bor. Masalan, bir insonning yetarli daromadi bo’lmasa va oilasiga harom yedirishi aniq bo’lsa, bu kishining uylanishiga makruh deyishgan.

Harom yegan bir inson bir kuni hisobga tortilgani kabi, bunday bir inson boshqasining qiziga va tug’iladigan bolalarga harom yedirishi ham haromdir. Shunday bir holatda bo’lgan kishining uylanishi ba’zi ulamolarga ko’ra eng kamida makruhi-tahrima hisoblangan. Agar kishining moli, imkoniyati bo’lsa va uning uchun zino xavfi bo’lmasa, uning uylanishi sunnatdir. Zino ehtimoli bo’lgan inson uchun esa uylanish farzdir. Demak, uylanishning hukmi insonlarning shaxsiy holatlariga qarab o’zgaradi.
(more…)

Advertisements

Read Full Post »